Qoidalar

Botdan foydalanish qoidalari

Botda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin quyidagi qoidalar bilan tanishib chiqing. Botdagi «Roziman» tugmasini bosish — shu qoidalarga to‘liq rozilik bildirganingizni anglatadi.

1. Umumiy shartlar

  1. Bot 18 yoshdan oshgan va shartlarga rozi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun.
  2. Bir odam bitta hisob bilan ishlaydi. Ikkinchi hisob ochish, soxta referal yig‘ish va bonuslarni suiiste’mol qilish — barcha hisoblar bloklanadi.
  3. Telefon raqamingizni so‘ralganda faqat o‘zingiznikini yuboring — raqam hisobingizni tasdiqlash va referal mukofotlari uchun ishlatiladi.
  4. Bot xizmatlari ijtimoiy tarmoq targ‘iboti (obunachi, layk, ko‘rish, reaksiya va boshqalar) hamda virtual raqamlar uchun. Qonunga zid maqsadda foydalanish taqiqlanadi.

2. Buyurtma berish

  1. Buyurtma berishdan oldin xizmat tavsifi, minimal va maksimal miqdori bilan tanishing.
  2. Havola ochiq bo‘lishi shart: yopiq profil, kanal yoki post uchun buyurtma bajarilmaydi va pul qaytarilmaydi.
  3. Buyurtma jarayonida havolani o‘zgartirish, profilni yopish yoki postni o‘chirish — buyurtma bajarilgan hisoblanadi, pul qaytarilmaydi.
  4. Bir xil havolaga bir vaqtning o‘zida bir nechta bir xil buyurtma bermang: oldingisi tugaguncha kuting, aks holda hisob-kitob noto‘g‘ri chiqadi.
  5. Narxi 1000 dona uchun ko‘rsatilgan xizmatlarda miqdorni o‘zingiz kiritasiz. Paket xizmatlarda narx 1 dona uchun bo‘lib, miqdor so‘ralmaydi.
  6. Ko‘rsatilgan bajarilish vaqti taxminiy — tarmoq yuklamasiga qarab o‘zgarishi mumkin.

3. To‘lov va pul qaytarish

  1. Hisob faqat botda ko‘rsatilgan usullar bilan to‘ldiriladi. Boshqa rekvizitga yuborilgan pul uchun bot javobgar emas.
  2. Summani aynan ko‘rsatilganidek yuboring — avtomatik to‘lov summa bo‘yicha aniqlanadi.
  3. Balansdagi pul naqd qaytarilmaydi — u faqat bot xizmatlariga sarflanadi.
  4. Ta’minotchi buyurtmani qabul qilmasa yoki bekor qilsa, pul avtomatik balansingizga qaytariladi.
  5. Virtual raqamga 20 daqiqa ichida kod kelmasa, pul avtomatik qaytariladi. Kod kelgan raqam uchun pul qaytarilmaydi.
  6. Chegirma paketlari sotib olingach qaytarilmaydi; yangi paket eskisini almashtiradi.

4. Bonuslar va pul ishlash

  1. Referal: do‘stingiz havolangiz orqali kirib, qoidalarga rozilik bildirsa va raqamini tasdiqlasa — mukofot beriladi. Har bir yangi foydalanuvchi uchun bir marta.
  2. Kunlik bonus: kuniga bir marta olinadi, ketma-ket kunlar uchun qo‘shimcha beriladi.
  3. Sandiq ochish: kuniga bir marta oltita sandiqdan bittasini ochasiz. Sandiqlardagi summa har safar tasodifiy joylashadi. Yangi imkoniyat har kuni 00:00 dan keyin ochiladi.
  4. Promokod: bitta kodni bir foydalanuvchi faqat bir marta ishlatadi.
  5. Soxta hisoblar, avtomatlashtirilgan skriptlar yoki aldov yo‘li bilan olingan bonuslar bekor qilinadi, hisob bloklanishi mumkin.

5. Taqiqlanadi

  • Botni, adminlarni yoki boshqa foydalanuvchilarni aldashga urinish.
  • Spam, haqoratli yoki qonunga zid kontentga buyurtma berish.
  • Bot nomidan boshqalarga xabar yuborish yoki bot xizmatlarini soxtalashtirish.
  • Texnik nosozlikdan foydalanib balansni noqonuniy oshirish — topilgan summa yechiladi va hisob bloklanadi.

6. Hamkorlik (API)

Bot o‘zi API tarqatmaydi. Hamkorlik uchun rasmiy API saytimiz — bargainsmm.com. U yerda alohida shartlar amal qiladi.

Qanday boshlash

1Botga /start yuboring.
2Shu qoidalarni o‘qib chiqing.
3Botda «Roziman» tugmasini bosing — shundan keyin hisobingiz ochiladi.
4Kanallarga obuna bo‘ling va telefon raqamingizni tasdiqlang.
Muhim. Qoidalar administratsiya tomonidan oldindan ogohlantirmasdan yangilanishi mumkin. Botdan foydalanishda davom etish — yangilangan qoidalarga rozilik hisoblanadi.
Savolingiz bormi? Botdagi Qo‘llanma bo‘limiga qarang yoki administratorga murojaat qiling.  ·  Botni ochish